Shomurodov Turkiya klubi bilan shartnoma imzolash arafasida

3-iyul 2025 09:26 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Eldor Shomurodov
Shomurodov Turkiya klubi bilan shartnoma imzolash arafasida / Foto: «Roma» futbol klubi rasmiy sahifasidan

Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov «Roma»dagi faoliyatini yakunlab, Turkiya Superligasiga yoʻl olishga yaqin turibdi.

Turkiyalik jurnalist Salim Manavning xabar berishicha, «Istanbul Bashakshehir» klubi «Roma» va 30 yoshli hujumchi bilan dastlabki kelishuvga erishgan va hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda.

Eldorning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha moʻljallangan boʻlsa-da, rimliklar UEFAning moliyaviy feyr-pley talablari doirasida tarkibni qisqartirish va yangi transferlarga mablagʻ yigʻish maqsadida uni sotishga qaror qilgan.

Bungacha Istanbul klubi Shomurodov uchun Rim jamoasiga 8 million yevro toʻlashga tayyor ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov oʻtgan mavsumda «Roma» safida barcha musobaqalar doirasida 37 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq «Kursiv» Eldor Shomurodov MLS klubiga yoʻl olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek