Yangi Redmi smartfoni 8000 mA/soatdan ortiq katta batareyaga ega bo‘ladi

4-iyul 2025 14:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi
Yangi Redmi smartfoni 8000 mA/soatdan ortiq katta batareyaga ega bo‘ladi / Foto: Redmi

O‘tgan haftada Poco o‘zining kuchli akkumulyatorli Poco F7 modelini taqdim etdi. Ushbu smartfon 6500 mA·soat sig‘imga ega edi. Gizmochina yangi Redmi smartfoni bundan ham katta batareyaga ega bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Yangi model 2026-yilda chiqarilishi kutilmoqda. U 6,8 dyuymli tekis ekran va 8000 mA·soatdan katta akkumulyator bilan jihozlanishi mumkin. Bu Redmi Turbo 4, Turbo 4 Pro yoki Redmi K80 Ultra’ning davomchisi bo‘lishi ehtimol. Avvalgi modellar mos ravishda 6550, 7550 va 7410 mA·soatli batareyalar bilan taqdim etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Poco F7 Hindistonda Redmi Turbo 4 Pro nomi bilan chiqqan edi. Shuning uchun Poco F8 modelining Redmi Turbo 5 Pro bazasida bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

2025-yil bo‘yicha esa Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, Redmi Note 15 seriyasi yil ikkinchi yarmida, taxminan sentabr oyida Xitoyda taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, Xiaomi 16 va Redmi K90 seriyalari ham shu davrga to‘g‘ri keladi. Xiaomi 16 sentabr oxirlarida chiqishi kutilmoqda.

Android-smartfonlar uchun batareya sig‘imida katta o‘sish bo‘lishini ham qayd etilgan. Ta’minot zanjiri tahliliga ko‘ra, yaqin orada 8500 mA·soat sig‘imdagi akkumulyatorlar bozorga chiqadi. Hatto 9000 mA·soatli namunalar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iyun oyidagi eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek