Bokuda Made in Uzbekistan shourumi ochildi

eʼlon qilindi
1500 kvadrat metr maydonga ega
Boku
Bokuda «Made in Uzbekistan» shou-rumi ochildi / Foto: Uzsm

1-iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi «Turk savdo markazi»da Made in Uzbekistan brendi ostida doimiy ishlaydigan shou-rum ochildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.

Ochilish marosimida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Samed Bashirli ishtirok etdi.

1500 kvadrat metr maydonga ega shou-rumda elektrotexnika, to‘qimachilik, charm, qurilish materiallari va mebel mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Tadbir yakunida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» assotsiatsiyasi va Okuglu Holding kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, joriy yil oxirigacha O‘zbekistondan Ozarbayjonga 1 mln kvadrat metr kafel va keramogranit mahsuloti yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bokuda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek