“Sevimli” telekanali mualliflik huquqini buzganligi uchun jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
“Sevimli” telekanaliga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi
Foto: Sevimli play

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan muallif Rahmatilla Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlardan «Sevimli» telekanali tomonidan ruxsatsiz foydalanilgani aniqladi.

Mazkur musiqalar bir nechta telenovellalarda muallif bilan hech qanday shartnoma tuzilmasdan ishlatilgan va Splay hamda YouTube platformalari orqali keng ommaga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi asosida huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilib, sudga yuborildi. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi qaroriga muvofiq, «Sevimli» telekanaliga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, muallif huquqlari buzilgan taqdirda zarar o‘rnini qoplash o‘rniga, 20 baravardan 1000 baravargacha BHM miqdorida tovon undirish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Disney Midjourney’ni sudga bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek