«Anorbank» aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U tovon puli to‘langach ozod qilingan
Anorbank aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi. Foto: Le Monde

«Anorbank» aksioneri Qaxramonjon Olimov Parij markazida noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va tovon puli to‘langach ozod qilingan. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 48 yoshli moliyachi Parijga biznes hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazish maqsadida borgan. Ammo u yerda kutilmaganda garovga olingan va ikki kundan ortiq noma’lum joyda ushlab turilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Olimov garovda bo‘lgan davrida jismoniy zo‘ravonlik va tahdidlarga duch kelgan. 25-iyun kuni u Parijdagi Hotel-Dieu shifoxonasida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shifokorlar uning tanasida ko‘plab ko‘karish va jarohatlar borligini qayd etgan, Olimov uyqusizlikdan ham shikoyat qilgan.

Manbalarga ko‘ra, jabrlanuvchini garovdan ozod qilish uchun ma’lum miqdorda pul to‘langan. Hozircha tovon puli miqdori oshkor etilmagan. Voqea yuzasidan bitta shaxs «uyushgan holda odam o‘g‘irlash» aybi bilan hibsga olingan.

Bundan tashqari, holat bo‘yicha Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Qaxramonjon Olimov «Anorbank» bankining yagona aksioneri hisoblanadi. Bank aktivlari 1 mlrd yevrodan ($1,18 mlrd) ortiq bo‘lib, O‘zbekistonning eng yirik o‘nta banki qatoriga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qantas aviakompaniyasi bazasidan kiberjinoyatchilar olti million mijozning ma’lumotini o‘g‘irlagani haqida yozgandi.

Xabarga ko‘ra, hujum kompaniyaning qo‘ng‘iroq markazi orqali amalga oshirilib, uchinchi tomon xizmat platformasidan olti mln kishining ism-sharifi, tug‘ilgan sanasi, telefon raqami va parvozchi raqamlari o‘g‘irlangan.

Shuningdek