Shavkat Mirziyoyev Bokudagi Faxr xiyoboni va G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi – foto

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Haydar Aliyev qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari Haydar Aliyev qabri poyiga gul qo‘yib, Ozarbayjonning buyuk davlat va siyosat arbobi xotirasiga hurmat bajo keltirdi.




Haydar Aliyev haqli ravishda mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Davlat qurilishi va milliy suverenitetni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi Ozarbayjon tarixida alohida o‘rin tutadi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Boku shahridagi G‘alaba bog‘iga ham tashrif buyurdi. Davlat rahbari G‘alaba kuniga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.




Ozarbayjon poytaxti markazida joylashgan ushbu zamonaviy yodgorlik majmuasi mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan milliy qahramonlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Ozarbayjon mini-futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.