Slovakiya o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif qilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kuniga 75 yevro ($88,4) maosh beriladi
Transport
Slovakiyada yuk mashinasi haydovchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi. Foto: Transport vazirligi

Slovakiya o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, nomzodga ishga qabul qilingandan so‘ng kuniga 75 yevro ($88,4) maosh belgilanadi. Jami 30 ta ish o‘rni mavjud. Nomzodlar 20-50 yosh oralig‘ida bo‘lishi, rus va ingliz tilini yaxshi bilishi, kamida bir yillik ish tajribasiga ega, sog‘lom va mas’uliyatli bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi zarur. Ishga kiruvchi haydovchilarga viza xarajatlari, bonuslar, tibbiy sug‘urta, bepul turar joy va yangi haydovchilarni o‘qitish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, aviachipta xarajatlari nomzod hisobidan amalga oshiriladi, lekin ish shartnomasi tuzilgach qoplab beriladi, ovqatlanish ham nomzod hisobidan bo‘ladi.

Mazkur ishga tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: birinchi bosqich til bilish darajasini aniqlash bo‘yicha O‘zbekistonda, ikkinchi bosqich amaliy imtihon Slovakiyada o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijdaish.uz saytiga murojaat qilish lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun, Migratsiya agentligining 71 202 33 55 telefon raqami yoki 171, 172 ichki raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mongoliyada qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Ushbu davlatda bo‘sh ish o‘rinlari soni – 50 ta. Ish haqi sinov muddatida $800, sinov muddatidan so‘ng esa $1000 va undan yuqori miqdorni tashkil etadi (to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lga beriladigan summa).

Shuningdek