Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar oʻgʻirlagan guruh ushlandi

eʼlon qilindi
Ular post terminalga yolg‘on axborot kiritgan va pullarni olib chiqqan
Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar oʻgʻirlagan guruh ushlandi. Ekran tasviri videodan olindi

Toshkentdagi bankdan $90 ming oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 18-iyun kuni «Tengebank» chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i noma’lum shaxslar tomonidan $90 ming miqdoridagi pul mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida aniqlanishicha, bir nechta shaxslar bankka mijoz sifatida kirib, bank kartasidagi $90 mingni post terminal orqali naqdlashtirish uchun yolg‘on axborot kiritgan va pullarni olib chiqqan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatni amalga oshirgan guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindi. Ulardan biri ushbu jinoyatni maxsus platformada amalga oshirganini va bunga bank xodimi ham jalb qilinganini tan olgan.

Video: Ichki ishlar vazirligi

Bundan tashqari, mazkur tadbir davomida 12 dona telefon, post terminal, to‘qqizta bank kartasi, 1,7 mln so‘m va $36,5 ming ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan jami to‘qqiz nafar shaxs ushlangan bo‘lib, surishtiruv ishlari hali ham davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi do‘kondan 41 ta iPhone o‘g‘irlab ketilgani haqida yozgandi.

Smartfonlar yo‘qolgani haqida huquq-tartibot idoralariga do‘kon egasi xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan narsaning qiymati 330 mln so‘mdan oshgan. Keyinroq o‘g‘irlikni uch marta sudlangan o‘zbekistonlik va uning voyaga yetmagan sherigi sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Ularning ikkisi ham qo‘lga olindi.

Shuningdek