Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Fuzuliy shahriga bordi – foto

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Fuzuliy shahriga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga bordi. Aeroportda prezidentni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.




Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan ataladi. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu shahar qadimdan Qorabog‘ning «janubiy darvozasi» hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil avgust oyida ikki davlat yetakchilari shaharda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan mustahkam do‘stlik ramzi sifatida barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgandi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Shavkat Mirziyoyev Bokudagi Faxr xiyoboni va G‘alaba bog‘iga tashrif buyurgani haqida yozgandi.