Xorazmda sudya pora ustida qo‘lga tushdi
eʼlon qilindi
$15 ming qiymatida pora talab qilgan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudi tergov sudyasi jinoyat ishini aybsizlik hukmi bilan yakunlab berish evaziga Urganchlik shaxsdan $15 ming talab qilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sudya dastlab $2 mingni naqd pulda, yana 24 mln so‘mni plastik karta orqali olgan. Ammo va’da bergan ishini bajarmagan va olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud hamda Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganchda prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushgan edi.