Honor Magic V5 eng ingichka bukiladigan smartfoni taqdim etildi

4-iyul 2025 07:36 eʼlon qilindi

(4-iyul 2025 14:23 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Honor Magic V5 eng ingichka bukiladigan smartfoni taqdim etildi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi dunyodagi eng ingichka va eng yengil bukiladigan flagman smartfon — Magic V5 ni taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Foto: Honor

Qurilma 7,95 dyuymli ichki va 6,43 dyuymli tashqi OLED ekranlarga ega bo‘lib, 120 Gts yangilanish tezligini, yuqori rang aniqligi va yorqinlikni ta’minlaydi. Snapdragon 8 Elite protsessori bilan ishlaydigan telefon 12/16 GB RAM va 256 GB dan 1 TB gacha ichki xotira variantlarida mavjud.

Foto: Honor

Magic V5 uch kamera bilan jihozlangan: 50 MP keng burchakli, 50 MP ultra keng burchakli va 64 MP periskopli, 3 barobar optik zum va 4K video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Telefon 5820 mA/soatli batareya bilan ta’minlangan, yuqori quvvatli simli va simsiz zaryadlashni qo‘llaydi. Qurilmaning himoya darajasi IP58/IP59 bo‘lib, Wi-Fi 7, Bluetooth 6 va NFC funksiyalarini taklif etadi. Magic V5 Xitoyda 1255 dollardan boshlanadigan narxlarda sotuvga chiqarildi.

Foto: Honor

Quyida smartfonga doir muhim ma’lumotlar:

RAM hajmiXotira hajmiNarxi (yuan)Taxminiy narxi (AQSh dollari)
12 GB256 GB8999$1255
16 GB512 GB9999$1395
16 GB1 TB10 999$1535

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 400 seriyasining global faollashtirilishi 1 million donadan oshgan edi.

Shuningdek