«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

eʼlon qilindi
31-avgustgacha davom etadi
Open budjet
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi / Foto: Openbudget.uz

«Tashabbusli budjet» jarayonlarining ikkinchi mavsumi 15-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bosqichlar quyidagicha belgilangan:

  • Loyiha kiritish: 15-iyul – 3-avgust;
  • Saralash: 4-avgust – 18-avgust;
  • Targ‘ibot: 19-avgust – 21-avgust;
  • Ovoz berish: 22-avgust – 31-avgust.
Video: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ikkinchi mavsum g‘oliblari Mustaqillik bayrami kuni – 1-sentabrda e’lon qilinadi.

Avvalroq «Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahalla tanaffusga chiqishi haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, mazkur mahallalar 2024-yilgi 2-mavsumda g‘olib deb topilgan va joriy mavsumda ham takroran g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shu sababli ular 2025-yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumda ishtirok eta olmaydi.

2025-yilning 1-mavsum yakunlariga ko‘ra, 2 011 ta mahalla (jami mahallalarning 21 foizi) g‘olib bo‘lgan, shundan 329 tasi ilk bor g‘alabaga erishgan.

Tanaffusga chiqarilgan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. Ro‘yxat har mavsum boshlanishidan avval yangilanadi.

Shuningdek