
Britaniyalik avtomobil mutaxassislari tomonidan Xitoy va Janubiy Koreya avtomobillari testdan o‘tkazildi. Ular avtomobillarning yurish sifati, saloni va texnologiyalarini solishtirdi. Bu haqda Kursiv Media xabar bermoqda.
Xitoy avtomobillarining afzalliklari
Xitoy brendlari – BYD, Omoda, Jaecoo, Leapmotor va boshqalar Yevropa hamda Markaziy Osiyoda tobora ommalashmoqda. Ularning narxi arzon, lekin qulayliklari ko‘p. Elektr mashinalar zamonaviy texnologiyalarga ega.
Ularda qanday kamchiliklar bor

Xitoy avtomobillari zamonaviy bo‘lsa ham bir qator kamchiliklarga ega. Raqamli boshqaruv, avtomatik qulflash va bildirishnomalar ovozlarida bir qator muammolar kuzatilgan. Masalan, Leapmotor C10’da oddiy tugmalar yo‘q – hammasi sensorli. Biroq menyular chuqur joylashgan bo‘lib, ishlatish noqulay. Apple CarPlay yoki Android Auto qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Yo‘l sifati bo‘yicha farqlar

Omoda 9 va Kia Sportage narxi bir xil. Ammo haydash davomida Kia ancha qulay va ishonchli chiqqan. Omoda tezlik cheklagichlardan o‘tganda qattiq chayqaladi. Boshqaruvda ham muammolar bor. BYD Seal’da ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan.
BYD Dolphin va Corsa solishtiruvi

BYD Dolphin – zamonaviy, kuchli va qulay elektromobil. Bir zaryad bilan 240 milgacha (386 km) yuradi. Saloni keng, texnologiyalari boy: isitish, sovitish, panoramali tom, 360° kamera va boshqalar. Bu jihatlar Corsa’da yo‘q.
Ba’zi Xitoy avtomobillari – Leapmotor yoki Omoda singarilar hali mukammal emas. Ammo Xpeng G6, BYD Seal yoki MG HS kabi mashinalar raqobatchilar uchun jiddiy tahdid bo‘lishi mumkin. Ular arzon narx va mukammal qulaylikni taqdim etadi.
Mutaxassislar mashina tanlayotganda uzoq test-drayv qilishni maslahat beradi. Har bir modelni sinchiklab baholash kerak. Avtoulov xarid qilayotganda foydalanish maqsadi va yo‘llarning siaftini ham inobatga olish kerak. To‘liq elektr quvvatlash stansiyalari bilan ta’minlangan joylarda yashil energiyali ulov ancha foydali bo‘lishi mumkin.
Uzoq masofaga sayohat va tavakkal qilishdan qo‘rqadiganlar kuchli va binzen bilan yuradigan modelni tanlagani qulay.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng oddiy va ishonchli avtomobillari ro‘yxati e’lon qilingani haqida yozgan edi.