Realme Android 16 qabul qiladigan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi

4-iyul 2025 10:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Realme Android 16 oladigan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi / Foto: Lifehacker

Realme kompaniyasi Android 16 asosidagi Realme UI 7 operatsion tizimini qabul qiladigan smartfonlar ro‘yxatini rasman e’lon qildi. Bu haqda Lifehacker xabar bermoqda.

Yangi tizim Material You 3 dizayniga asoslangan bo‘ladi. Yangilanishlar orasida – ekran shaxsiylashtirish, SI asosida o‘g‘rilikni aniqlash, iOS uslubidagi blok ekran effektlari va boshqalar mavjud.

Dastlabki bo‘lib yangilanish Realme GT 7 modeliga taqdim etiladi. So‘ngra u boshqa flagman, o‘rta va budjet modellarga ham tarqatiladi.

Realme UI 7 oladigan modellar ro‘yxati:

Seriya nomiModellar
Realme GTGT 7, GT 7 Pro, GT7 Pro Racing, GT 7T, GT 6, GT 6T, GT Neo6, GT Neo6 SE, GT5, GT5 240W, GT5 Pro
Realme raqamli14, 14 Pro, 14 Pro+, 14T, 14x, 13, 13+, 13 Pro, 13 Pro+, 12 4G, 12, 12+, 12 Lite, 12 Pro, 12 Pro+
Realme NarzoNarzo 80 Pro, Narzo 80x, Narzo 70, Narzo 70 Turbo, Narzo 70 Pro, Narzo 70x
Realme NeoNeo7, Neo7 SE, Neo7 Turbo, Neo7x
Realme PP3, P3 Pro, P3 Ultra, P3x, P2 Pro, P1, P1 Pro, P1 Speed
Realme CC75 4G, C75, C73, C71

Realme hozircha yangilanish sanasini aniq ko‘rsatmagan. Ammo Realme GT 7 uchun beta-versiya dasturi tez orada Xitoyda boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Realme GT 7 seriyasi Android 16 yangilanishini birinchi bo‘lib olishi haqida yozgan edik.

Shuningdek