12 ming dollarlik Geely Icon avtomobili taqdim etildi

4-iyul 2025 11:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely
Foto: Geely

Geely kompaniyasi yangilangan Geely Icon Chocolate 2026 krossoveri uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Narxlar 90 800 dan 96 800 yuangacha (taxminan $12,5 ming – $13,3 ming) belgilangan. Rasmiy taqdimot 11-iyulga rejalashtirilgan.

Tashqi ko‘rinishi

Mashina old tomonda U shaklidagi panjara va ingichka kunduzgi chiroqlarga ega. Orqa bamperga kuzov rangidagi bezaklar o‘rnatilgan. Eski modeldagi eshik tutqichlari saqlangan.

Foto: ITHome/ manba: Geely

Salon va texnologiyalar

Ichki qismda 8,8 dyuymli raqamli panel va 14,6 dyuymli Flyme Auto tizimidagi multimedia ekrani mavjud. Uch spikali ikki rangli rul va markaziy panel ostida oddiy tugmalar joylashgan.

Texnik xususiyatlari

Avtomobil 1,5 litrli turbomotor bilan jihozlanadi. Quvvati – 181 ot kuchi, aylanish momenti – 290 N·m. 7 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan 100 km/soatga 7,9 soniyada tezlashadi.

Geely – Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 1986-yilda asos solingan, bosh ofisi Chjetszyan (Zhejiang) provinsiyasida joylashgan. Avvaliga Geely muzlatkich va mototsikl ishlab chiqargan, keyinchalik avtomobil sanoatiga kirib kelgan.

Foto: ITHome

Bugungi kunda Geely Xitoyning eng mashhur avtomobil brendlaridan biri. Kompaniya yengil avtomobillar, krossoverlar va elektromobillar ishlab chiqaradi. U zamonaviy dizayn, raqobatbardosh narx va yangi texnologiyalar bilan mashhur.

Geely boshqa xalqaro brendlar bilan ham ishlaydi. Masalan, u Skoda va Volvo kompaniyalarining egasi hisoblanadi. Bundan tashqari, Geely Lotus va Smart kabi mashhur brendlarga ham sarmoya kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely kompaniyasining Lynk & Co 10 EM-P gibrid avtomobili rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek