1,8 mlrd so‘mlik asossiz qarzdorlik tadbirkorlar foydasiga bekor qilindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi
1,8 milliard so‘mlik asossiz qarzdorlik tadbirkorlar foydasiga bekor qilindi / Foto: CCI

Jizzax viloyatidagi bir nechta tadbirkorlik subyektlariga «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filialidan asossiz qarzdorliklar belgilangani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

«Jizzax yo‘l qurish ta’mirlash» MChJga nisbatan sarflanmagan gaz hajmlari bo‘yicha 726 mln so‘mdan ortiq noto‘g‘ri qarzdorlik qayd etilgan. Maxsus komissiya mazkur summaning bekor qilinib, tadbirkor foydasiga qayta hisob-kitob qilinishini ta’minladi.

Shuningdek, Sofitel O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘yicha ham ikki baravar yuqori tarif asosida 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan.

Mazkur holatlar yuzasidan gaz ta’minoti korxonasiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, pul mablag‘lari tadbirkorlar foydasiga qayta hisoblab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita tomonidan Kia Sonet reklamasida qonunbuzarlik holati aniqlangan edi.

Shuningdek