
Honor smartfonlari kundan-kunga ommalashib bormoqda. Palach nashrining navbatdagi maqolasida beshta eng yaxshi Honor smartfonlari haqida so‘z boradi.
Honor 400 Lite

Bu model arzon, lekin asosiy telefon sifatida bemalol ishlatiladi. 6.7 dyuymli AMOLED ekrani 120 Gs yangilanish tezligiga ega. Ekran yorqinligi – 3500 nit. Qurilmaga MediaTek Dimensity 7025 Ultra protsessori o‘rnatilgan.
O‘rta darajadagi o‘yinlarni bemalol tortadi. Kameralari ham yaxshi: orqada 108 + 5 MP, old kamerasi esa 16 MP. Akkumulyator sig‘imi 5230 mA/soat, 35 vatt quvvatda zaryadlanadi. NFC va IP65 himoyasi bor. Stereo dinamik va optik stabilizatsiya yo‘q.
Honor X9c

Bu model mustahkam korpusi va yaxshi jihozlari bilan ajralib turadi. Qurilma -30°C dan +55°C gacha haroratda ishlay oladi. 2 metr balandlikdan tushishga chidamli. 6.78 dyuymli AMOLED ekranida 1.5K ruxsat va 4000 nit yorqinlik bor.
Protsessor – Snapdragon 6 Gen 1. Kameralari 108 + 5 MP orqa, 16 MP old. Asosiy kamerada optik stabilizatsiya bor. Akkumulyatori 6600 mA/soat, 66 vattlik tez zaryad bilan 42 daqiqada 80 foizgacha to‘ladi. Qurilmada stereo dinamik, NFC va IR port ham mavjud.
Honor 200

Honor’ning eng muvozanatli modeli hisoblanadi. 6.7 dyuymli AMOLED ekranida HDR va 1 milliard rang qo‘llab-quvvatlanadi. Yorqinlik darajasi – 4000 nit. Protsessor – Snapdragon 7 Gen 3. O‘yinlar o‘rta darajada muammosiz ishlaydi.
Kamera bloki kuchli: 50 MP old kamera, orqa tomonda 50 + 50 + 12 MP modullar. Ikki modulda stabilizatsiya va 2.5 barobar optik zum bor. Qurilmada 5200 mA/soat Si/C akkumulyator va 100 vatt tez zaryadlash bor. To‘liq zaryad uchun 45 daqiqa kifoya. NFC va stereo dinamik bor, lekin suvdan himoya yo‘q.
Honor Magic 7

Flagmanlar ichida eng arzon va kuchli variant. 6.78 dyuymli LTPO OLED ekran HDR va Dolby Vision’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran yorqinligi — 5000 nit. Snapdragon 8 Elite protsessori va 12 GB tezkor xotira bor. UFS 4.0 xotira texnologiyasi bilan ishlaydi. Kamera tizimi kuchli. Oldi kamera – 50 MP, orqa kameralari – 50 + 50 + 50 MP. 3 barobar zumli telefoto, 122° keng burchakli kamera va elektron stabilizatsiya bor. Akkumulyator 5650 mA/soat, 100 vatt tez zaryad, 80 vatt simsiz zaryad qo‘llanadi. IP69 himoyasi, stereo dinamik, NFC va IR port mavjud.
Honor Magic 7 Pro

2025-yilning eng kuchli Android-flagmani bo‘lishi mumkin. 6.8 dyuymli LTPO OLED ekran HDR Vivid va NanoCrystal Shield bilan himoyalangan. Kamera tizimi yanada kuchli. Old kamerada ToF 3D sensori mavjud. Asosiy modulda keng diafragma, telefoto kamerasi 200 MPni tashkil etadi.
USB-C 3.2 porti bilan ma’lumot almashinuvi ikki barobar tez. 5850 mA/soat sig‘imli Si/C akkumulyatori bilan uzoq ishlaydi. Bu model eng ilg‘or texnologiyalarni xohlovchilar uchun ideal tanlov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor Magic V5 eng ingichka bukiladigan smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.