
DS Automobiles yangilangan xetchbekning maxsus versiyasi – DS No4 Jules Verne’ni taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda. Avtomobil taqdim qiladigan imkoniyatlari bilan BMW va Mersedes’ga raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Avtomobil DS Automobiles brendining eng so‘nggi va zamonaviy modifikatsiyalaridan biridir. Ushbu model kengaytirilgan jihozlar bilan taqdim etilgan. Avtomobil uchta turdagi dvigatel variantiga ega: yumshoq gibrid, plagin gibrid va to‘liq elektr versiya.

Yumshoq gibrid varianti 145 ot kuchiga ega. Plagin gibrid (PHEV) esa 225 ot kuchi ishlab chiqaradi. To‘liq elektr versiyasi esa E-Tense deb ataladi va 213 ot kuchiga ega.
E-Tense versiyasi bir quvvatda 450 kilometrgacha masofa yurishi mumkin. Plagin gibrid esa faqat elektr rejimida 77 kilometrgacha yo‘l bosadi. Har ikkala modifikatsiya ham atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan nol emissiya texnologiyasiga ega. Shuning uchun ular maxsus ekologik yorliq bilan jihozlangan.
Model zamonaviy salon va ko‘plab qulayliklarga ega. Ichki jihozlar tarkibida raqamli asboblar paneli mavjud. Multimediya tizimi 10 dyuymli sensorli ekran bilan taqdim etiladi. O‘rindiqlar isitiladigan, shamollatiladigan va massaj funksiyasiga ega. Shuningdek, avtomobil navigatsiya tizimi va xavfsizlik bo‘yicha yordamchi tizimlarning to‘liq to‘plami bilan jihozlangan.

Modelning narxi yumshoq gibrid versiyasi uchun 40 141 yevrodan boshlanadi. Plagin gibrid va elektr versiyasi esa 46 941 yevroga baholanmoqda. Bu model o‘zining kengaytirilgan elektr tizimi, yuqori sifatli jihozlanadi. U premium darajadagi qulayliklari bilan eng yaxshi zamonaviy avtomobillar ro‘yxatiga kiritilmoqda.
DS Automobiles – Citroën kompaniyasidan ajralib chiqqan premium brend bo‘lib, 2009-yildan beri mavjud. U 2014-yilda mustaqil avtomobil brendiga aylandi. DS brendi Parijda ilk bor 1955-yilda chiqarilgan mashhur Citroën DS modelidan ilhom olgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 12 ming dollarlik Geely Icon avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.