FVV formasini kiyib fuqarolardan pul undirgan shaxslar aniqlandi
eʼlon qilindi
Ular aholiga go‘yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik bahonasida pul to‘lashni talab qilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar maxsus kiyimda yurib, o‘zlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimi deb tanishtirayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ular aholiga go‘yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik bahonasida pul to‘lashni talab qilmoqda.
FVV bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, bu shaxslarning vazirlikka hech qanday aloqasi yo‘q.
Vazirlik fuqarolardan bunday holatga duch kelsangiz, darhol (95) 772-10-50 raqamiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishingizni so‘ragan.
Avvalroq Uchtepadagi qandolat omborida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edik.