Odam savdosida gumon qilingan shaxs Ummon Sultonligidan ekstraditsiya qilindi

eʼlon qilindi
IIV
U odam savdosida ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan edi
kishan
Odam savdosida gumon qilingan shaxs Ummon Sultonligidan ekstraditsiya qilindi / Foto: Getty images

Interpol orqali qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Interpolning respublikadagi Milliy markaziy byurosi xabar bermoqda. U odam savdosida ayblanib, Jinoyat kodeksning 135-moddasi asosida xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Mazkur fuqaro Ummon hududida aniqlanib, 2025-yilning aprel oyida ushbu mamlakatda hibsga olingan. So‘ngra Interpolning Maskatdagi bo‘limi kuzatuvida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda u Interpolning Milliy markaziy byurosi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Shuningdek, bir oy oldin ham ikki nafar ayol jinoyatchi Interpol orqali Ummondan O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Bu ishlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va muzokaralar natijasida amalga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BAAdan qidiruvdagi 12 nafar o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek