
DxOMark portali eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingini yangiladi. Reyting portal saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, yangi tizim asosida tuzilgan reytingda bir qator o‘zgarishlar kuzatildi.
Yangilangan reytingda Oppo Find X8 Ultra 169 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onani Huawei Pura 70 Ultra 163 ball bilan band etgan bo‘lsa, kutilmaganda iPhone 16 Pro Max 161 ball bilan uchinchi o‘ringa joylashdi.
Shuningdek, qayta testdan o‘tgan boshqa flagmanlar:
- Google Pixel 9 Pro XL – 160 ball
- Xiaomi 15 Ultra – 159 ball

Afsuski, ko‘plab texnologik nashrlar tomonidan «eng yaxshi kamerafonlar» deya tan olingan Vivo X200 Pro va X200 Ultra modellarining hali DxOMark reytingida natijalari mavjud emas. Ularning baholari e’lon qilinishi bilan reyting yana o‘zgarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iyun oyining eng kuchli smartfonlari aniqlangani haqida yozgan edi.