Isroil muzokaralar uchun Qatarga delegatsiya yubordi

eʼlon qilindi
Hamas ham ushbu sulh tashabbusiga «ijobiy ruhda» munosabat bildirgan
Isroil muzokaralar uchun Qatarga delegatsiya yubordi / Foto: HRW

Isroil delegatsiyasi 7-iyul kuni Qatarga borib, G‘azodagi garovga olinganlar va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ofisi xabar berdi, deya yozmoqda Reuters.

Shunga qaramay, Netanyaxu ofisi Hamas tomonidan taklif qilingan o‘zgarishlarni «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi. Biroq Isroil tomon hali-hamon Qatarning dastlabki taklifi asosida muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Hamas ushbu sulh tashabbusiga «ijobiy ruhda» munosabat bildirgan. Biroq tomonlar o‘rtasida hali ham insonparvarlik yordami, Rafah chegarasi va Isroil qo‘shinlarining chiqish jadvali borasida kelishmovchiliklar mavjud.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 7-oktabrda boshlangan mojaro davomida G‘azoda 57 mingdan ortiq odamlar halok bo‘ldi. Isroil va Hamas o‘rtasidagi yangi sulh muzokaralari xalqaro e’tiborda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hamas AQShning G‘azo bo‘yicha sulh taklifini qabul qilgan edi.

Shuningdek