Rossiya Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga qarshi yirik sanksiyalar tayyorlamoqda

Moskva rus tilida so‘zlashuvchi aholiga nisbatan bosim kuchaygan Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga qarshi keskin sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Bu haqda Insider-T nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur davlatlarda rus tilidan foydalanishni cheklovchi qonunlar qabul qilinayotgani Kreml noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Rejalashtirilayotgan choralar orasida vizali tartib joriy etish, Rossiyadan pul o‘tkazmalarini cheklash, mehnat kvotalari va logistika loyihalarini to‘xtatish kabi qat’iy sanksiyalar bor. Taqiqdan eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan davlatlar sifatida Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston tilga olinmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya chegaralar yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq farzandi maktabga bormayotgan migrantlarni Rossiyadan deportatsiya qilish taklif etilgan edi.