Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingan va oshxonada sud qilingan – BMT

eʼlon qilindi
Bu haqda BMT Ixtiyoriy hibsga olish bo‘yicha Ishchi guruhi hisobotida aytiladi
Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingan va oshxonada sud qilingan — BMT / Foto: BBC

BMTning ixtiyoriy hibsga olish bo‘yicha Ishchi guruhi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning 2014-yilda hibsga olinishi noqonuniy va ixtiyoriy deb e’tirof etdi. Bu xulosa BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi saytida e’lon qilingan hujjatda keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, Karimova hibs orderisiz qo‘lga olingan va farzandi bilan birga 18 oy davomida uy qamog‘ida saqlangan. Shuningdek, 2015-yil 21-avgust kuni bo‘lib o‘tgan sud majlislaridan biri to‘g‘ridan to‘g‘ri uning oshxonasida o‘tkazilgan.

«Sud hukmida sud majlisi mutlaqo noo‘rin muhitda o‘tgani hatto yashirilmagan. Hujjatda ochiqchasiga sud binosidan tashqarida» o‘tkazilgani qayd etilgan, majlis o‘tkazilgan joy sifatida esa xonim Karimovaning yashash manzili ko‘rsatilgan. Bu esa bir necha qator pastda uning uy manzili sifatida aniq berilgan”, – deyiladi hisobotda.

Ishchi guruh O‘zbekiston hukumati Karimovaning erkinlik, adolatli sud va aybsizlik prezumpsiyasi huquqlarini buzganini ta’kidlaydi. Shuningdek, guruh o‘z xulosasida uning aybdor yoki aybsizligi masalasi ularning vakolatiga kirmasligini ham alohida qayd etadi.

Hujjatda Gulnora Karimovaning Shveysariyada pul yuvish bilan bog‘liq jinoiy ishda ishtirok etayotgani ham eslatib o‘tilgan. 2023-yilda Shveysariya prokuraturasi uni xalqaro telekom-kompaniyalardan O‘zbekistonda shartnomalar tuzish evaziga ko‘p millionli poralarni olishda ayblagan. Mazkur ish doirasida mamlakat rasmiylari Karimovaga tegishli bo‘lgan $985 mln miqdoridagi aktivlarni muzlatib qo‘ygan.

2012-yilda Lombard Odier banki sobiq xodim va Karimovaga aloqador aktivlar bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar haqida regulyatorlarga xabar bergan. Bu esa xalqaro tergovning boshlanishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gulnora Karimovadan undirilgan pullar qay shaklda O‘zbekistonga yetib kelishi haqida yozgan edik.

Shuningdek