Meksika KONKAKAF Oltin kubogini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
2:1 hisobida
Foto: gettyimages

Meksika terma jamoasi KONKAKAF Oltin kubogi finalida AQSh ustidan g‘alabaga erishdi. «Reliant stedium»da kechgan qizg‘in Meksika bahsda 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdagi hisobni AQSh terma jamoasi 4-daqiqada Kris Richardsning goli evaziga ochdi. Ammo bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmadi. 27-daqiqada meksikalik hujumchisi Raul Ximenes hisobni tenglashtirdi.

Bahs taqdirini esa 78-daqiqada Edson Alvaresning kuchli zarbasi hal qildi – 2:1. Natijada Meksika jamoasi ketma-ket ikkinchi va umumiy hisobda 13-bor Oltin kubok chempionligiga erishdi.

Yakuniy hisob:

AQSH – Meksika 1:2
Gollar:

  • Kris Richards (4) – AQSh
  • Raul Ximenes (27), Edson Alvares (78) – Meksika

Jamoa tarkiblari:

AQSh:
Mett Friz, Aleks Frimen, Tim Rim, Kris Richards, Maksimilian Arfsten (Jon Tolkin 86), Luka de la Torre (Demion Dauns 69), Tayler Adams (Jek Makglinn 82), Diyego Luna (Brendon Aaronson 86), Sebastyan Berxolter, Malik Tillman, Patrik Agemang.

Meksika:
Luis Malagon, Xesus Galyardo, Xorxe Sanches (Israel Reyes 86), Xoan Vaskes, Sesar Montes, Marsel Ruis, Edson Alvares, Xilberto Mora (Orbelin Pineda 75), Aleksis Vega, Raul Ximenes (Santyago Ximenes 86), Roberto Alvarado (Sesar Uerta 87).

Ogohlantirishlar:

  • Meksika: Sesar Montes (44), Raul Ximenes (85)
  • AQSh: Tayler Adams (63)

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Al Hilol»ga mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek