
2025 yilgi Formula-1 mavsumining 12-bosqichi Buyuk Britaniyada «Silverstoun» trassasida o‘tkazildi va unda «McLaren» jamoasi vakili Lando Norris birinchi bo‘lib marraga yetib keldi va Gran-pri g‘olibiga aylandi.
Ikkinchi o‘rinni yana bir «McLaren» poygachisi, avstraliyalik Oskar Piastri egalladi. Uchinchi o‘rin esa «Sauber» jamoasi tajribali piloti, 37 yoshli Niko Xyulkenbergga nasib etdi. Bu uning Formula-1’dagi ilk podiumi bo‘lib, u faoliyatidagi 239-Gran-prisida ushbu yutuqqa erishdi.

Top-15 natijalar:
- Lando Norris («McLaren»);
- Oskar Piastri («McLaren»);
- Niko Xyulkenberg («Sauber»);
- Lyuis Xemilton («Ferrari»);
- Maks Ferstappen («Red Bull»);
- Per Gasli («Alpine»);
- Lans Stroll («Aston Martin»);
- Aleksandr Albon («Williams»);
- Fernando Alonso («Aston Martin»);
- Jorj Rassell («Mercedes»);
- Oliver Berman («Haas»);
- Karlos Sayns («Williams»);
- Esteban Okon («Haas»);
- Sharl Lekler («Ferrari»);
- Yuki Sunoda («Red Bull»).
Quyidagi poygachilar musobaqani to‘liq yakunlay olmadi: Andrea Kimi Antonelli, Isak Xajar, Gabriel Bortoleto, Liam Louson va Franko Kolapinto.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bred Pittning Formula 1 filmi haqida yozgan edi.
2025-yilda Gollivud kinoyulduzi Bred Pitt bosh rolni ijro etgan va taniqli rejissyor Jozef Kosinski tomonidan suratga olingan Formula 1 filmi nihoyat katta ekranlarga chiqdi.

«F1» filmi asosiy e’tiborni Bred Pitt ijrosidagi Sonni Xayesga qaratadi. Bu qahramon ilgari poygachilik faoliyati bilan tanilgan, biroq jiddiy avariyadan so‘ng sportni tark etgan. Yillar o‘tib, u Apex Grand Prix jamoasiga qaytadi – endilikda ustoz va yordamchi sifatida. Bu orada yosh, poygachi Joshua Pirs ham sahnaga chiqadi. Ular orasidagi ziddiyatlar, jamoaviy intriga va poyga muhitidagi bosim film asosini tashkil etadi.