O‘zbekiston va yana to‘qqizta davlat BRIKS bilan hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Indoneziyani to‘liq a’zo sifatida qabul qilindi
Foto: Mauro Pimentel/AFP/Getty Images

6-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 17-BRIKS sammitida O‘zbekiston, Qozog‘iston va yana sakkizta davlatga tashkilotning hamkor davlatlari maqomi berildi. Bu haqda sammitning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

«Indoneziyani to‘liq a’zo sifatida, Belarus, Boliviya, Qozog‘iston, Kuba, Nigeriya, Malayziya, Tailand, Vyetnam, Uganda va O‘zbekistonni esa BRIKSning hamkor davlatlari sifatida qabul qilamiz», – deyiladi bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, BRIKS ilk bor 2009-yilda tashkil topgan bo‘lib, unga dastlab Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy a’zo bo‘lgan. Keyinchalik Janubiy Afrika, so‘nggi yillarda esa Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Indoneziya ham qo‘shildi.

Bugungi kunda BRIKS dunyo aholisining yarmidan ortig‘ini qamrab olgan geosiyosiy tuzilma hisoblanadi. Shu paytgacha 30 dan ziyod davlatlar BRIKSga a’zo yoki hamkor sifatida qo‘shilish istagini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh prezidenti Donald Tramp BRIKSning «Amerikaga qarshi siyosati»ga qoʻshilayotgan davlatlarga qarshi keskin chora koʻrish niyatida ekanini ma’lum qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek