Kolumbiya va O‘zbekiston BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shildi
eʼlon qilindi
Bank barqaror rivojlanishni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi

Kolumbiya va O‘zbekiston rasmiy ravishda BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda sinorusnewsfocus.com portali ma’lum qildi.
Moliya tashkiloti prezidenti, Braziliyaning sobiq yetakchisi Dilma Russefning aytishicha, hozirda Efiopiya va Indoneziyadan ham a’zolik bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, bankning asosiy e’tibori Global Janub davlatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bosh ofisi Shanxayda joylashgan ushbu moliyaviy tuzilma BRIKS hamda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalari va barqaror rivojlanishni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va yana to‘qqizta davlat BRIKS bilan hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.