O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Belgradda O‘zbekistonning Serbiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov shu davlatning Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokoli boshlig‘i Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi. Serbiya tomoni O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi ilk elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarshi. Bu qadam ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Oybek Shaxavdinov 2024-yil mart oyidan buyon O‘zbekistonning Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘lib faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, u o‘rindoshlik asosida Sloveniya, Xorvatiya va Chernogoriyada ham elchi vazifasini bajaradi.
Shaxavdinov Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti (MGIMO) tugatgan. 2001-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. Ilgari O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan, so‘nggi lavozimi – Yevropa davlatlari va Yevroittifoq institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Avvalroq «Kursiv» Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani haqida yozgandi.
Shuningdek, iyun oyida Ilhom Haydarov respublikaning Turkiyadagi elchisi bo‘lgandi.