AnTuTu foydalanuvchilarning eng sevimli smartfonlari reytingini yangiladi

8-iyul 2025 09:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfonlar
Eng sevimli Android-smartfonlar reytingini e’lon qildi / Foto: Tom’s Guidi

AnTuTu mualliflari iyun oyidagi eng sevimli Android smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda 4pda xabar bermoqda.

Foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, birinchi o‘rinni Huawei Mate 70 Pro+ modeli egalladi. U 98,51 foiz ijobiy baho olgan bo‘lsa-da, undagi Kirin protsessori raqobatchilarga nisbatan ancha sust ishlaydi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Xiaomi 15S Pro hamda Honor Magic6 Ultimate Edition modellari band etdi. Reytingdagi yagona Xitoydan tashqari ishlab chiqarilgan model – Samsung Galaxy S24+ bo‘lib, u 94,34 foiz ko‘rsatkich bilan to‘qqizinchi o‘rinda qayd etilgan. So‘nggi Galaxy S25 Ultra esa faqat 14-o‘ringa tushgan.

Telefon nomiBaho (%)
1Huawei Mate 70 Pro+98.51%
2Xiaomi 15S Pro97.42%
3Honor Magic6 Ultimate Edition97.36%
4Redmi K80 Ultimate Edition96.82%
5Xiaomi 15 Ultra96.53%
6Huawei Mate 70 Pro96.00%
7vivo X200 Ultra95.88%
8OPPO Find X8 Ultra94.55%
9Samsung Galaxy S24+94.34%
10vivo X Fold3 Pro93.93%

AnTuTu statistikasi, asosan, Xitoy bozoriga asoslangan bo‘lsa-da, bu ro‘yxat smartfonlar ommabopligini ko‘rsatishda muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi aniqlangani haqida yozgan edi.

Yangilangan reytingda Oppo Find X8 Ultra 169 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onani Huawei Pura 70 Ultra 163 ball bilan band etdi. iPhone 16 Pro Max 161 ball bilan uchinchi o‘ringa joylashdi.

Shuningdek