Turkiyada o‘zbekistonlik ayol otishmada halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Besh nafar gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan
Foto: tayathattı.com

5-iyul kuni Turkiyaning Aydın viloyatidagi restoranda ishlagan, 35 yoshli o‘zbekistonlik ayol qurolli otishma paytida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ayol bosh qismidan og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Bu hodisa yuzasidan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan besh nafar shaxs qo‘lga olingan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumani O‘zbekistonga olib kelish, uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek