O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi

O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
2025-yil 4-iyul kuni Rim shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashining 2028–2029-yillarga mo‘ljallangan a’zoligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston birinchi marta ushbu nufuzli organ tarkibiga bir ovozdan saylandi.
FAO Kengashi geografik taqsimot asosida 3 yil muddatga saylanadigan 49 ta a’zo davlatdan iborat bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida budjet masalalari, FAO dasturlarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, konferensiyaga muhim qarorlar hamda tavsiyalar beradi.
FAO Kengashiga a’zolik O‘zbekiston uchun global qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat siyosatini shakllantirishda, normativ hujjat va standartlar ishlab chiqishda keng imkoniyatlar ochadi. Bundan tashqari, milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surishda, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etishda ko‘mak beradi.
Avvalroq O‘zbekistonda fermеrlar uchun qo‘shimcha jarima va soliqqa tortish tartibi joriy etilishi mumkinligi haqida yozgandik.