
iPhone 17 Pro Max smartfoni Apple tarixidagi eng katta sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi kutilmoqda. Lifehacker nashrining Instant Digital’ga tayanib xabar berishicha, yangi flagman qurilmaning batareyasi hajmi va avtonom ishlash muddati bo‘yicha eng yuqori bo‘lishi mumkin.
Yangi iPhone 17 Pro Max 5 000 mA⋅soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bu batareya taxminan 35 soat yoki undan ko‘proq vaqt davomida zaryadsiz ishlash imkonini beradi. Qurilmaning ishlash muddatining uzayishiga A19 Pro chipining energiya samaradorligi va yangi Qualcomm Snapdragon X80 modemi katta ta’sir ko‘rsatadi.
iPhone batareyalari quyidagi o‘zgarish bosqichlarini bosib o‘tgan.
№ | iPhone modeli | Batareya sig‘imi (mA⋅soat) | Ishlash davomiyligi (soat) |
---|---|---|---|
1 | iPhone 12 Pro Max | 3 687 mA⋅soat | 20 soatgacha |
2 | iPhone 13 Pro Max | 4 352 mA⋅soat | 28 soatgacha |
3 | iPhone 14 Pro Max | 4 323 mA⋅soat | 29 soatgacha |
4 | iPhone 15 Pro Max | 4 422 mA⋅soat | 29 soatgacha |
5 | iPhone 16 Pro Max | 4 676 mA⋅soat | 33 soatgacha |
6 | iPhone 17 Pro Max | 5 000 mA⋅soat | 35 soat yoki undan ko‘proq |
iPhone 17 seriyasining rasmiy taqdimoti 2025-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Avvalroq Mobil o‘yinlar uchun eng ommabop smartfonlar haqida yozgan edik. Ular aynan o‘yin uchun mo‘ljallangan, yuqori unumdorlik va yaxshi optimizatsiyaga ega maxsus smartfonlar.