Banklardagi mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Mikroqarzlar bo‘yicha 35,4%, avtokreditlarda esa 24,2%
Mikroqarz va avtokreditlar. Foto: tashatuvango/Depositphotos

7-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha yillik foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkasi 35,4 foizni tashkil etmoqda. Bu kreditlar asosan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik va iste’mol ehtiyojlari uchun beriladi.

Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • Apex bank – 40,6%;
  • TBC bank – 39,7%;
  • Tenge bank – 39,5%;
  • Anor bank – 39,1%;
  • Ipoteka bank – 38,3%.
Mikroqarz va avtokreditlar. Foto: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • Aloqabank – 21,5%;
  • Hayot bank – 25,0%;
  • Infin bank – 25,6%;
  • Asaka bank – 26,6%;
  • BRB – 26,6%.

Ushbu farqlar banklar tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlari, mijozlar segmenti va garov shartlariga bog‘liq.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi 24,2% etib belgilangan.

Eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • Ipoteka bank – 21,0%;
  • OFB – 21,2%;
  • NBU – 23,3%;
  • Asaka bank –24,1%;
  • Ipak yo‘li bank –24,4%.
Foto: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi esa:

  • Hamkor bank – 29,2%;
  • Madad Invest bank – 28,0%;
  • Infinbank –28,0%;
  • Garant bank – 27,1%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Shuningdek, mikroqarzlardan tashqari jismoniy shaxslarga berilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi – 23,7%, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha foiz stavkasi – 23,2% ni tashkil etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda iste’mol narxlari 11 oydan beri birinchi marta pasaygani haqida yozgandi.

Shuningdek