Oʻzbekistonga telefon importi 2,5 foizga oshdi

2025-yilning yanvar – may oylarida Oʻzbekistonga 1,5 mln dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi hisobotida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, mahsulotlarning umumiy qiymati $159 millionni tashkil etadi. Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 37,8 ming donaga yoki 2,5 foizga koʻpdir.
Import hajmi boʻyicha yetakchi davlat Xitoy boʻlib, mamlakatdan 1,1 mln dona telefon yetkazib berilgan. shuningdek, Vyetnamdan 304,5 ming dona, Birlashgan Arab Amirliklaridan 47,3 ming dona, Hindistondan esa 15,6 ming dona telefon keltirilgan.
Shuningdek, qolgan mamlakatlardan jami 900 dona atrofida qurilma olib kirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga $60 mlnlik telefon import qilingani haqida xabar bergan edi.