AQSh Ukrainaga yana mudofaa qurollari yuboradi

eʼlon qilindi
Germaniya ham bu bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
AQSh Ukrainaga yana mudofaa qurollari yuboradi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Rossiya hujumlariga qarshi kurashishda yordam berish maqsadida qo‘shimcha mudofaa qurollari yuborilishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur qaror Vashingtonning ilgari qurol yetkazishni to‘xtatgani ortidan bildirildi va u ijtimoiy va siyosiy tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvda: «Ular o‘zini himoya qila olishi kerak. Biz qurollar yuborishga majburmiz,» dedi. AQSh Mudofaa vazirligi bu tashabbus prezident ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilayotganini bildirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Tramp bilan suhbatdan so‘ng mamlakatning «osmonni himoya qilish salohiyatini» oshirish ustida ishlashga kelishilganini aytdi. Ukraina AQShdan ko‘proq «Patriot» raketa tizimlari olishga umid qilmoqda.

Shuningdek, Germaniya ham Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netanyaxu Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya qilgan edi.

Shuningdek