Samsung daromadi 56 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
SI chiplar savdosi sustlashdi
Samsung daromadi 56 foizga kamaydi / Foto: Business Standart

Samsung Electronics 2025-yilning ikkinchi choragida operatsion foydasi 56 foizga kamayganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xalqaro axborot agentligi ma’lum qildi.

Bu pasayish sun’iy intellekt (AI) chiplariga talabning sustligi va AQShning Xitoyga nisbatan eksport cheklovlari bilan bog‘liq.

Kompaniya NVIDIA’ga yuqori o‘tkazuvchanlikka ega HBM chiplarini yetkazib berishda kechikkan. Raqobatchilar – SK Hynix va Micron esa AQSh bozoridagi SI talabidan foyda ko‘rmoqda. Samsung daromadi 74 trln vonni, foydasi esa atigi 4.6 trln vonni tashkil qilgan. Bu so‘nggi 6 chorakdagi eng past ko‘rsatkichdir.

Kompaniya 3.9 trln vonlik aksiyalarni qayta sotib olishini e’lon qildi va foyda tiklanishini yilning ikkinchi yarmida kutmoqda. Moliyaviy hisobotlar 31-iyulda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI’ning yillik daromadi 10 milliard dollarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek