Aeroportdagi reyslar jadvalini qayerdan bilish mumkin

eʼlon qilindi
Oltita usul bilan
Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports parvoz qilish yoki tanishlarni aeroportda kutib olishni rejalashtirayotganlar uchun reyslar holati haqida ishonchli va tezkor ma’lumotni olish usullari haqida ma’lumot berdi.

Birinchi usul

Uzbekistan Airports rasmiy sayti – www.uzairports.com‘da «Parvozlar holati» bo‘limida real vaqt rejimida barcha jo‘nab ketayotgan va kelayotgan reyslar, ularning raqami, yo‘nalishi va holati ko‘rsatiladi.

Ikkinchi usul

Telegram orqali @UzairportsBot rasmiy bot orqali reys haqida tez va ro‘yxatdan o‘tmasdan ma’lumot olish mumkin.

Uchinchi usul

Uzbekistan Airports mobil ilovasi iOS va Android foydalanuvchilari uchun mavjud. Ilova orqali reyslar jadvali, ogohlantirishlar va xizmatlar haqida doimiy xabardor bo‘lish mumkin. Yuklab olish:

To‘rtinchi usul

Terminallardagi elektron tablolarda Aeroport binolarida joylashgan ekranlar orqali ham so‘nggi ma’lumotlar aks etib boradi.

Beshinchi usul

Aviakompaniyaning o‘z rasmiy sahifasida. Masalan, Uzbekistan Airways sayti orqali «Parvoz holati» bo‘limidan aniq reys holatini bilish mumkin. Lekin bu bo‘lim barcha aviakompaniyalarda mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Oltinchi usul

Aloqa markazi orqali. Telefon raqami: +998 55 501 45 55 (24 soat faol).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent aeroportida bepul Wi‑Fi’ga qanday ulanish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek