Realme 15 Pro 5G taqdim etilishi kutilmoqda

9-iyul 2025 13:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tecno
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan

Realme kompaniyasi yangi Realme 15 Pro 5G smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu model o‘tgan yilgi Realme 14 Pro’ning davomchisi bo‘ladi. Bu haqda Notebookcheck xabar bermoqda.

Smartfonda 120 Hz yangilanish tezligiga ega tekis ekran bo‘ladi. Ramkalar juda yupqa, old kamera esa ekran o‘rtasiga joylashtirilgan. Orqa tomonida uch kamerali yumaloq blok va kumush rangli jilolangan korpus bor. Shuningdek, yashil va binafsha rangli versiyalari ham bo‘ladi.

Asosiy kamera — 50 megapikselli, optik stabilizatsiya (OIS) bo‘lishi mumkin. Qurilma 8 yoki 12 GB tezkor xotira, 128 dan 512 GB gacha doimiy xotira bilan taqdim etiladi. Protsessor aniq ko‘rsatilmagan, ammo Qualcomm’ning yangi o‘rta toifadagi chipi bo‘lishi kutilmoqda.

Eng qiziqarli funksiyalardan biri — AI Edit Genie. Bu yordamida foydalanuvchi fotosuratdagi elementlarni ovoz orqali o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Masalan, mashinani almashtirish yoki fonni o‘zgartirish. Bu funksiyaning internet orqali ishlashi yoki qurilmaning o‘zida amalga oshirilishi hozircha noma’lum.

Yangi smartfon birinchi bo‘lib Hindistonda taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme kompaniyasi yaqinda Realme P3 modelini taqdim etgani haqida yozgan edi. Realme P3 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U bir zaryad bilan 1,5–2 kun ishlashi mumkin. Video ko‘rish — 21 soatgacha. Telefon 45 Vt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi va to‘liq zaryadlanish 1,5 soat atrofida davom etadi.

Shuningdek