«Yangi O‘zbekiston» ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi

eʼlon qilindi
9-iyuldan 9-avgustga qadar
Foto: flowersgarden.uz

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» ko‘chasida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilishi munosabati bilan ayrim yo‘l qismlarida avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Qurilish-ta’mirlash ishlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘i hududida olib borilmoqda. Shu sababli 9-iyuldan 9-avgustga qadar Toshkent viloyatidan shaharga kirishda bog‘ga tutash ko‘cha qismi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.

Mazkur davrda avtomobillar harakati bog‘ chegarasidagi aylanma yo‘l orqali «Milliy bog‘» ko‘chasiga yo‘naltiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosida 13 ta bekatdagi chipta sotadigan kassalar yopilishi haqida yozgandi.

Shuningdek