O‘zbekiston Rossiya makaronini eng ko‘p import qilgan davlatlar qatoriga kirdi

eʼlon qilindi
Respublika o‘tgan yili Rossiya makaronini eng ko‘p import qilgan beshta davlat qatoriga kirdi
Импорт Макаронов в Узбекистане
Foto: Victoria Aleksandrova / Unsplash

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya makaronini import qilish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish federal markazi ma’lum qildi.

2021-yilda respublika to‘qqizinchi o‘rinda edi. Markaz ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya makaronining eng yirik importchilari hali ham Qozog‘iston va Belarus bo‘lib qolmoqda.

2025-yilning yanvar-aprel oylarida Rossiya ushbu mahsulotdan 500 ming tonnadan ortiq ishlab chiqargan. Shu davrda Rossiya makaronining boshqa davlatlarga eksporti 16 foizga oshdi, eksportdan tushgan daromad esa uchdan birga ko‘paydi.

Экспорт макарон в РФ
Grafika: Rossiya Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish federal markazi

Ma’lumot uchun, 2024-yilda O‘zbekiston umumiy qiymati $1,6 mlrdlik oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Asosan bug‘doy va undan tayyorlangan mahsulotlar ($386,6 mln) xarid qilingan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Xitoydan O‘zbekistonga import $3,6 mlrdga yetgani haqida xabar bergan edi.

2024 va 2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekiston importida yetakchi davlatlar ro‘yxatida ayrim o‘zgarishlar kuzatildi. Biroq ikkala yilda ham Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy import hamkorlari bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek