Emirates aviakompaniyasi kriptovalyuta orqali to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Ushbu tizim 2026-yildan ishga tushiriladi
Foto: Emirates Airlines

BAAning Emirates aviakompaniyasi o‘z to‘lov tizimlariga Crypto.com Pay platformasini integratsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu tizim 2026-yildan boshlab joriy etilishi kutilmoqda.

Kelishuv memorandumi Emirates Group raisi Shayx Ahmad bin Said Al Maqtum, kompaniya bosh moliyaviy xodimi Maykl Dorsam, tijorat ishlari bo‘yicha vitse-prezident Adnan Kazim hamda Crypto.com BAA prezidenti Muhammad Al Hakim ishtirokida imzolandi.

Foto: Emirates Airlines

«Emirates mijozlarimizning o‘zgaruvchan istaklarini inobatga olgan holda kriptovalyutalarni to‘lov tizimiga qo‘shishga intilmoqda. Bu nafaqat texnologiyani qadrlovchi yosh avlod uchun qulaylik, balki Dubayning moliyaviy innovatsiyalar markaziga aylanish maqsadiga ham xizmat qiladi», – dedi Adnan Kazim ushbu hamkorlik haqida.

Ushbu hamkorlik doirasida Emirates va Crypto.com marketing aksiyalari orqali kriptoto‘lovlar haqida xabardorlikni oshirish va uni ommalashtirishni ham rejalashtirmoqda.

Foto: Emirates Airlines

«Emirates bilan hamkorlik biz uchun katta qadriyatga ega. Kriptovalyutalarni kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mijozlarga zamonaviy va xavfsiz moliyaviy yechimlar taqdim etmoqchimiz», – dedi Crypto.com prezidenti Erik Anziani.

Ma’lumot uchun, Crypto.com 2016-yilda tashkil etilgan va hozirda 100 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tailand sayyohlar uchun kriptovalyutada ishlovchi kredit kartalarni joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek