2025-yilning eng yaxshi uchta Samsung smartfoni: ommabop modeldan eng zo‘r flagmangacha

10-iyul 2025 10:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung smartfonlari
Eng yaxshi Samsung smartfonlari / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Samsung 2025-yilda bir qator kuchli smartfonlarni taqdim etdi. Ulardan ayrimlari allaqachon bozorda eng xaridorgir modellarga aylandi. «Palach» nashri kompaniya tomonidan chiqarilgan uchta eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida maqola e’lon qildi.

Samsung Galaxy A56

Galaxy A56 – Samsung’ning o‘rta narx toifasidagi eng muvaffaqiyatli smartfonlaridan biri. Uning 6.7 dyuymli Super AMOLED ekrani Full HD+ aniqlikda va 120 Hz yangilanish tezligida ishlaydi. Ekran HDR10+ va 1900 nit yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi – quyosh ostida ham qulay ko‘rinadi.

Foto: MegaObzor

Smartfon Exynos 1580 protsessorida ishlaydi. Bu chip Snapdragon 7 Gen 3’dan kuchliroq. U har qanday o‘yin va vazifani osongina bajara oladi. Operatsion tizim ham silliq ishlaydi.

Kameralari ham o‘z darajasida. Old kamera — 12 MP. Orqa tomonda esa 50 + 12 + 5 MP triokamera bloki bor. Asosiy kamera optik stabilizatsiyaga ega, ultrakeng burchakli modul esa 123° ko‘rish maydoniga ega. 4K videoga olish funksiyasi va Best Face funksiyasi mavjud.

Batareya – 5000 mA⋅soat. Tezkor, 45 vattlik zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda, shuningdek, IP67 himoya darajasi, NFC va stereo dinamiklar bor. Bu model o‘z segmentida haqiqiy bestsellerga aylangan.

Samsung Galaxy S25

Galaxy S25 ixcham smartfon izlayotganlar uchun juda mos. Qurilmaning og‘irligi bor-yo‘g‘i 162 gramm, qalinligi esa atigi 7,2 mm. Biroq ichki texnikasi kuchli.

6.2 dyuymli LTPO AMOLED 2X ekran FHD+ aniqlikda ishlaydi. Yoritilishi 2600 nitgacha chiqadi, shuning uchun quyoshli havoda ham foydalanish qulay. Ekran 120 Hz yangilanish tezligiga ega.

Foto: Pocket-lint

Smartfon Snapdragon 8 Elite for Galaxy chipida ishlaydi. Bu kuchli flagman protsessor bo‘lib, bir necha yilga yetarli zaxira quvvatga ega.

Kamera bloki ham kuchli: Old kamera – 12 MP. Asosiy blokda esa 50 + 10 + 12 MP linzalar bor. Ulardan ikkitasi optik stabilizatsiyaga ega. Avtomatik HDR va Best Face funksiyalari mavjud.

Batareyasi 4000 mA⋅soat bo‘lsa-da, bir kunga yetadi. Qolgan afzalliklari orasida: AKG stereo dinamiklar, Samsung DeX rejimi, IP68 himoyasi va NFC moduli bor. Katta telefonlarni yoqtirmaydiganlar uchun ayni muddao.

Samsung Galaxy S25 Ultra

Galaxy S25 Ultra – Samsung’ning eng zo‘r flagmani. Ekrani 6.9 dyuymli LTPO AMOLED 2X, 2K (QuadHD) aniqlikda ishlaydi. 120 Hz yangilanish tezligi va 2600 nit yorqinlik bilan u har qanday kontentni mukammal ko‘rsatadi.

Smartfon Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessoriga ega. U og‘ir ilovalar va o‘yinlarda ham zo‘r ishlashni ta’minlaydi.

Foto: Fiberborni

Kameralari haqiqiy flagman darajasida: Old kamera – 12 MP. Orqa tomonda esa 200 + 10 + 50 + 50 MP to‘rt kamerali blok bor. Ulardan uchtasi optik stabilizatsiyaga ega. 3x va 5x optik zum, 120° ultraburchakli obyektiv – bularning barchasi har qanday holatda sifatli surat olishga imkon beradi.

Batareya – 5000 mA⋅soat. 45 vattlik tez zaryadlash bilan 30 daqiqada 65 foizgacha to‘ldiriladi. Bundan tashqari, S-Pen stylus, NFC, IP68 himoyasi, stereo dinamiklar va simsiz quvvat olish kabi imkoniyatlari bor.

S25 Ultra – hozirgi Android bozordagi eng kuchli smartfonlardan biri sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek