Realme 15 Pro qanday protsessorda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

10-iyul 2025 12:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Realme 15 Pro qanday protsessorda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi / Foto: ChatGPT yordamida sayqallangan

Realme 15 va 15 Pro modellari 24-iyul kuni rasman taqdim etiladi. Kompaniya Realme 15 Pro modelida Snapdragon 7 Gen 4 protsessori bo‘lishini tasdiqladi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Yangi smartfon AI Gaming Coach 2.0, AI Ultra Touch Control va Free Fire kabi o‘yinlarda 120FPS rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: GSMArena

Bundan avval ikkala modelda ham ovoz orqali surat tahrirlash imkonini beruvchi AI Edit Genie funksiyasi bo‘lishi ma’lum qilingandi. Realme 15 Pro uchta rangda chiqadi. Oddiy versiyada esa Silk Pink, Silver va Green ranglar bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 15 Pro 5G taqdim etilishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek