Seul moon ovqatlanish maskanida yong‘in sodir bo‘ldi – video

eʼlon qilindi
Zarar miqdori aniqlanmoqda
Seul moon
«Seul moon»da yong‘in sodir bo‘ldi / Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan

Bugun, 11-iyul kuni soat 09:43 da Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan Seul moon ovqatlanish maskanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari voqea joyiga to‘rt daqiqa ichida – soat 09:47 da yetib bordi. Yong‘in ikki daqiqa ichida 09:49 da o‘rab olinib, 09:53 da to‘liq o‘chirilgan.

Video: Pressa telegram kanali

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmadi. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi yirik suv quvuri portlashi bo‘yicha rasmiy munosabat berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek