Yakkasaroy tumanidagi chorrahada uch kun transportlar harakati cheklanadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha
Yakkasaroy tumanidagi chorrahada uch kun transportlar harakati cheklanadi. Foto: Toshkent shahar hokimligi

Yakkasaroy tumanidagi chorrahada uch kun transportlar harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumanida qurilish-montaj ishlari olib boriladi. Ishlar Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishgan chorrahada amalga oshiriladi. Shu sababli, mazkur hududda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Bunda Bratislava yoki Glinka ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘ta olmaydi, faqat o‘ngga burilish mumkin bo‘ladi.

Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositalari esa chorraha orqali faqat to‘g‘riga yoki o‘ngga burilib o‘ta oladi.

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiyasiga $198 million dollar sarflanishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, $198 million – bu faqat Shota Rustaveli ko‘chasi emas, balki poytaxtning 200 kilometrga yaqin yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun ajratilgan dastlabki umumiy hisob-kitob. Loyihaning yakuniy narxi bajarilgan real ishlar asosida shakllantiriladi.

Bu ko‘cha bilan bir qatorda, Amir Temur shohko‘chasi, Shahrisabz hamda Yangi Sergeli ko‘chasi va Olmazor tumanidagi yirik yo‘l obyektlarining rekonstruksiya ishlari ham birinchi bosqichga kiritilgan. Bu bosqichning umumiy qiymati $50 millionga baholangan.

Avvalroq poytaxtdagi Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlangani haqida yozgandik.

Shuningdek