Bitkoin yoz oxirigacha 135 ming dollarga yetishi mumkin – ekspertlar

eʼlon qilindi
Ekspertlar fikriga ko‘ra
Курс биткоина
Foto: Jievani Weerasinghe / Unsplash

Bitkoin narxi 2025-yil yoz oxirigacha $135 mingga yetishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS.

Ta’kidlanishicha, narxning jadal oʻsishi AQShda Donald Tramp tomonidan imzolangan soliq imtiyozlari hamda biznesni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qonun bilan bogʻliq.

Bitkoin 12-iyul holatiga ko‘ra, $118 mingga yetdi. Bu hozircha tarixiy eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Bitkoinning kapitallashuvi esa $2,3 trilliondan oshib, Alphabet (Google) kompaniyasini ortda qoldirdi.

Ekspertlar bu oʻsishni AQShdagi likvidlikning oshishi, foiz stavkalariga oid yumshatilgan siyosat kutilayotgani va texnologik sektordagi faollik bilan izohlamoqda. Bundan tashqari, 15-iyulda eʼlon qilinadigan AQSh inflyatsiya maʼlumotlari va Federal zaxiraning siyosati ham bozor uchun muhim omil boʻladi.

Cifra Markets va Whitebird kompaniyalari bitkoin narxi yoz oxirigacha $130 – 135 ming oraligʻida boʻlishini taxmin qilmoqda. Ba’zi tahlilchilar esa yil yakuniga kelib $168 – 184 ming darajasiga chiqishini istisno qilmayapti.

Shu bilan birga, mutaxassislar qisqa muddatli tuzatishlar boʻlishi mumkinligini, lekin umumiy oʻsish tendensiyasi saqlanib qolishini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin yana rekord darajada qimmatlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek