13-iyul kuni O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi
Harorat 34-39 daraja
Foto: Pixabay

Bugun, 13-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo asosan quruq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning katta qismida harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi hududlarda esa uning tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda ob-havo quyoshli bo‘lib, yomg‘ir yog‘maydi. Poytaxtda shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat 36-38 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham ob-havo quruq bo‘lib, shamol ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yozda uyni qanday salqin tutish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek