Tramp Yevropa Ittifoqi va Meksikaga qarshi 30% boj joriy qildi

eʼlon qilindi
23 davlatga ham 20 – 50% boj solish bo‘yicha maktublar yuborilgan
Tramp
Tramp Yevropa Ittifoqi va Meksikaga qarshi 30% boj joriy qildi / Foto: PBS

AQSH prezidenti Donald Tramp 1-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi (YI) va Meksikadan olib kiriladigan mahsulotlarga 30 foizlik boj joriy etishini e’lon qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

Tramp bu bojlar boshqa sanoat toifalariga nisbatan alohida joriy etilishini qayd qilgan. U po‘lat, alyuminiy va avtomobil importiga nisbatan ilgari belgilangan bojlar esa kuchda qolishini aytgan. Shuningdek, AQSh rahbari Kanada, Yaponiya va Braziliya kabi 23 davlatga ham 20 – 50% boj solish bo‘yicha maktublar yuborgan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum bu bojlarni adolatsiz deb atadi. Ular muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.

AQShda bu tariflar orqali budjet tushumlari oshgan bo‘lsa-da, diplomatik ziddiyatlar kuchaymoqda. Yaponiyadan tortib Kanadagacha bo‘lgan davlatlar Vashingtonga bog‘liqlikni qayta ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp global importga 15 – 20% yangi boj tariflarini joriy qilishni rejalashtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek