14-iyuldan test sinovlari boshlanadi
eʼlon qilindi

14-iyuldan boshlab respublika bo‘ylab test sinovlari boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, har kuni 70 mingdan ortiq abituriyentlar 65 ta yirik binoda ikki smenada imtihon topshiradi.
Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov testlar adolatli o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rilganini aytib, abituriyentlarga xotirjamlik, tartib-intizom va bilimga tayanishni tavsiya etdi. U, shuningdek, imtihon kuni pasport va ruxsatnomani olish, belgilangan joyga 1 soat oldin kelish muhimligini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuridik litsey bitiruvchilarini test sinovisiz o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan edi.